O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Kurash bo’yicha Xalqaro turnir oldidan matbuot anjumani o’tkazildi.

O‘zbekiston Kurash Federatsiyasi
Kurash federatsiyasi arxividan

          Fransiya davlatining Parij shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo’yicha xalqaro turnir bo’lib o’tmoqda.
        Ushbu xalqaro turnir oldidan Parij shahridagi Mercure mehmonxonasida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.
        Unda O’zbekiston kurash federatsiyasi, Fransiya kurash federatsiyasi vakillari, Yevropa kurash konfederatsiyasi, kurash hakamlari hamda sportchilar ishtirok etishdi.
        Matbuot anjumanini O’zbekiston kurash federatsiyasi raisining sport ishlari bo’yicha o’rinbosari Uyg’un Umarov ochib, an’anaviy tarzda har yili o’tkazilib kelinayotgan mazkur xalqaro turnirning dunyo madaniyati va san’ati markazlarida biri bo’lgan Parij shahridagi Eyfel minorasi yonidagi Centre sportif Emile Anthoine majmuasida bo’lib o’tishini ta’kidladi. U.Umarov ushbu turnirning yildan-yilga nufuzi oshib, jahon sportchilarining e’tiborini tortayotgani va qiziqishining oshishiga turtki bo’layotganini ham e’tirof etdi.
        Shuningdek, matbuot anjumanida Yevropa kurash konfederatsiyasi prezidenti Janob Merampi Iliadis ham so’zga chiqib, ushbu musobaqada Yevropaning eng kuchli polvonlari g’oliblik uchun bellashishini, kurash sport turiga bo’lgan e’tibor yildan-yilga oshib borayotganini ta’kidlab, barcha kurashchilarga omad tiladi.
        Ma’lumot uchun mukofot jamg’armasi 30 ming yevroni tashkil etuvchi mazkur turnirda dunyoning 30 ga yaqin davlatidan eng sara 100 nafarga yaqin eng kuchli kurashchilari ishtirok etadi.
        Matbuot anjumanidan so’ng, mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etadigan kurashchi erkaklar -90 kg, +90 kg; ayollar esa -70 kg, +70 kg vazn toifalarida vazn o’lchash marosimida ishtirok etishdi.

Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan
Barcha yangiliklar