Osiyo kubogi musobaqasining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

O‘zbekiston Kurash Federatsiyasi
Kurash federatsiyasi arxividan

           Nukus shahridagi amfiteatrda kurash bo’yicha kattalar o’rtasidagi Osiyo kubogining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
         Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farhod Ermanov, Sport vaziri o’rinbosari Shahrulla Mahmudov, IKA Bosh kotibi Rizo Nasseri hamda O’zbekiston Kurash federatsiyasi raisi o’rinbosari Uyg’un Umarovlarso’zga chiqdi.
         Farhod Ermanov ilk bor o’tkazilayotgan ushbu Osiyo kubogining ishtirokchilariga tabrik yo’llar ekan yurtimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan kurash sport turi rivojiga berilayotgan yuksak e’tibor sabab sportchilarimiz jahon maydonlarida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritayotganini ta’kidladi hamda musobaqani rasman ochiq deb e’lon qildi.
         Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farhod Ermanov hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi prokurori Shohruh Aminovlarga kurash sporti rivojiga qo’shgan ulkan hissasi uchun O’zbekiston Kurash federatsiyasi raisi Nig’matilla Yo’ldoshevning tashakkurnomalari topshirildi.
         Ochilish marosimida O’zbekiston madhiyasi jarang sochdi. Tadbirda taniqli estrada xonandalari hamda folklor jamoalarining chiqishlari tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan Kurash federatsiyasi arxividan
Barcha yangiliklar