Keskin bahslar va yorqin g‘alabalar: Osiyo Kubogi yakunlandi
Nukus shahrida ilk bor tashkil etilgan Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi bahslari yuksak saviya, murosasiz bellashuvlar va haqiqiy sport muhiti bilan muxlislar xotirasida qoldi.
Osiyoning bir qator davlatlaridan tashrif buyurgan jahon va qit’a chempionlari ishtirokidagi bellashuvlar tomoshabinlarga chinakam sport bayramini taqdim etdi. Ayniqsa final uchrashuvlaridagi keskinlik, mahorat va chiroyli usullar amfiteatrga yig‘ilgan muxlislarni tik oyoqda qarshi olishga undadi. Har bir g‘alaba va hal qiluvchi harakat kuchli hayajon hamda olqishlar bilan kuzatildi.
Ilk marotaba o‘tkazilayotganiga qaramasdan, musobaqa tashkiliy jihatdan yuqori professional darajada tashkil etildi. Bellashuvlarning texnik saviyasi, ishtirokchilarning tayyorgarligi hamda muxlislarning katta qiziqishi Kurashning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon qildi.
E’tiborli jihatlardan biri — Singapore va Saudia Arabistoni kabi davlatlar sportchilarining ham g’oliblar safidan joy olganidir. Bu esa Kurash sportining yangi hududlarda jadal ommalashayotgani va uning geografiyasi tobora kengayib borayotganining amaliy ifodasi bo‘ldi.
Yakkalik bellashuvlari yakunlangach, musobaqa doirasida jamoaviy bahslar ham bo‘lib o‘tdi.
Murosasiz va keskin ruhda kechgan uchrashuvlarda Kurash vatani vakillariga teng keladigan jamoa topilmadi. Final bahsida Tojikiston milliy terma jamoasini mag‘lub etgan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa g‘olibiga aylandi. Turkmaniston hamda Hindiston terma jamoalari esa faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar medal, diplom, kubok hamda tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan pul mukofotlari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
Nukus shahrida bo’lib o’tgan Kurash bo’yicha kattalar o’rtasida Osiyo kubogi g’olibi va sovrindorlari ro’yxati.
Erkaklar
-66 kg
🥇 Atoyev Bahrombek – O’zbekiston
🥈 Mustafoi Abdulfaiz – Tojikiston
🥉 Chan Hao-Cheng – Xitoy Taypeyi
🥉 Ataniyazov Damir – O’zbekiston
-73 kg
🥇 Rajabov Muhammadiso – Tojikiston
🥈 Urazgaliyev Utkirbek – O’zbekiston
🥉 O’ralov Akbar – O’zbekiston
🥉 Pan Ssu-Cheng – Xitoy Taypeyi
-81 kg
🥇 Ziyodullayev Ahror – O’zbekiston
🥈 Sherimbetov Sanjar – O’zbekiston
🥉 Algalide Abdulaziz – Saudiya Arabistoni
🥉 Qodirov Sairahmon – Tojikiston
-90 kg
🥇 Sadinov Samandar – O’zbekiston
🥈 Bashimov Agamyrat – Turkmaniston
🥉 Kemalov Ylham – Turkmaniston
🥉 Wu Chin-Cheng – Xitoy Taypeyi
+90 kg
🥇 Baxtiyorov Shoxruhhon – O’zbekiston
🥈 Aaron Ng – Singapure
🥉 Zaytov Zaxiritdin – O’zbekiston
🥉 Chauhan Yash Kumar – Hindiston
Ayollar
-57 kg
🥇 Lee Wan-Ting – Xitoy Taypeyi
🥈 Agajanova Ibodatxon – O’zbekiston
🥉 Meymanova Rozymenili – Turkmaniston
🥉 Tileumbetova Gulzabira – O’zbekiston
-70 kg
🥇 Medetbayeva Azada – O’zbekiston
🥈 Yang Yu-Chieh – Xitoy Taypeyi
🥉 Isaeva Azhar – Qirg’iziston
🥉 Hezratova Nurana – Turkmaniston
-78 kg
🥇 Nazarova Shoxista – O’zbekiston
🥈 Balhara Pincky – Hindiston
🥉 Adilbaeva Aygul – O’zbekiston
🥉 Choa Yi-Chen – Xitoy Taypeyi
+78 kg
🥇 Abdujabborova Durdona – O’zbekiston
🥈 Erkinbaeva Saneayim – O’zbekiston
🥉 Yang Ya-Chun – Xitoy Taypeyi
🥉 Shin Liu-Ning – Xitoy Taypeyi
